AQSh bosimiga qaramasdan Hindiston Rossiyadan S-400 sotib oladi

Vladimir Putin 4-5 oktabr kunlari Hindistonga tashrif buyuradi.
Sputnik

TOShKENT, 1 okt – Sputnik. Hindiston hukumati AQSh bosimiga qaramasdan Rossiyadan S-400 sotib olishga qaror qildi, deb yozmoqda Russia Today Desence Newsga asosan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Hindiston o‘zining ushbu qarori haqida AQShni allaqachon ogohlantirgan. Rossiya va Hindiston orasida ushbu haqidagi hukumatlararo shartnoma 4-5 oktabr kunlari Vladimir Putinning Hindistonga safari vaqtida imzolanadi.

“Rossiya prezidenti tashrifiga bir hafta qolganda Hindiston hukumati Rossiyadan, umumiy qiymati 5,43 milliard $ bo‘lgan beshta S-400 zenit raketa majmuasini sotib olishga haqida yakuniy qarorni qabul qilgan”, - deyilgan Defense News xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Hindiston orasida S-400 majmuasini sotib olish haqidagi shartnoma dastlab 2016-yilda imzolangan edi. Rossiyaga nisbatan AQSh sanksiyalari kiritilganidan so‘ng Hindiston hukumatiga AQSh tomonidan turli yo‘llar bilan bosim o‘tkazila boshlangan va ular biroz vaqt “ikkilangan” edi.

Undan tashqari, Vladimir Putin tashrifi doirasida Hindiston Rossiyadan umumiy qiymati 2,2 mlrd. $  bo‘lgan ikkita 1135-loyihaga mansub qo‘riqlash harbiy kemasini sotib olish haqida e’lon qilinishi kutimlmoqda.

Shuningdek, Rossiya prezidenti tashrifi doirasida Hindistonda eng yangi Kalashnikov avtomati “AK-103”ni litsenziya asosida ishlab chiqarishni haqidagi shartnoma imzolanishi ham rejalashtirilmoqda.