TOShKENT, 30 sen – Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya poytaxtlari orasida savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash maqsadida, Toshkent shahar hokimiyati va tadbirkorlari vakillaridan iborat delegatsiya ayni damda Moskvada bo‘lib turibdi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati.
"Tashrif davomida delegatsiya vakillariya Moskvaya meriya va Moskva Hukumatiga tashrif buyurishdi. U yerda yo‘l-transport tizimini boshqarish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida, shuningdek ushbu yilning Oktabr oyida “Toshkentda Moskva kunlari” tadbirini o‘tkazish haqida kelishib olindi", - deyilgan xabarda.
Tashrif davomida delegatsiya vakillari Moskva Savdo-sanoat palatasi rahbariyati, “Delovaya Rossiya” umumrossiya tadbirkorlar tashkiloti rahbariyati bilan uchrashib hamkorlik haqida kelishib olishdi.
Delegatsiya tarkibida bo‘lgan tadbirkorlar tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish borasida bir qator eksport shartnomalari imzolashdi. Undan tashqari “Energomash-xolding” df “Girs-global” kompaniyalari bilan birgalikda mahsulot ishlab chiqarishga kelishib olindi.