Rahmon Mirziyoyev, Putin va boshqa prezidentlarni MDH sammitida nima bilan mehmon qildi

Dushanbeda MDH davlatlari sammiti ochilishi arafasida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon do‘stlik kechasini tashkillashtirdi. Tadbirda Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari uchun norasmiy muhitda o‘zaro suhbatlashish imkoni yaratildi
Sputnik

Prezidentlarning aksariyati ikkiyoqlama uchrashuvlar va tadbir davomida rejalashtirilgan qator boshqa uchrashuvlarni o‘tkazish maqsadida tojik poytaxtiga payshanba kuni ertalab yetib kelishgan edi.

Dushanbega eng oxirgi bo‘lib Vladimir Putin yetib keldi.

Peskov Putinning O‘zbekistonga safariga tayyorgarlik xususida ma’lumot berdi

Mehmonlarni an’anaviy shohona sharqona dasturxon kutar, atrofda uyum-uyum bo‘lib turgan mevalar kechki tamaddiga o‘ziga xos joziba baxsh etardi.

Emomali Rahmon mezbon sifatida markazdan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yonidan joy olgan edi.

Vladimir Putin Markaziy Osiyo mamlaktlari yetakchilari - Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyevlar o‘rtasida joylashdi.

Dushanbedagi uchrashuvga Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhammedovgina kelmadi.

Ashxobod tomondan MDH davlatlari sammitida fan va ta’lim sohasini boshqaruvchi bosh vazir o‘rinbosari Purli Agamiradov qatnashmoqda.

MDH mamlakatlari yetakchilarining asosiy muzokaralari 28-sentabr kuni o‘tkaziladi.

Ushbu do‘stlik kechasi qanday o‘tgani haqida Sputnik Tojikiston sujetida tomosha qiling.