NATO mutaxassislari O‘zbekistonda mashg‘ulot o‘tkazdi

NATO Birlashgan kuchlar qo‘mondonligi 3 nafar mutaxassisi akademiyada ma’ruza qilib, o‘qituvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha maslahatlar berishdi.
Sputnik

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida 24-27 sentabr kunlari NATOning Birlashgan kuchlar qo‘mondonligi shtab-kvartirasi mutaxassislari tomonidan ruhiy va axborot amaliyoti mavzusida mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

NATO sammiti Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi yakunlarini qo‘llab-quvvatladi

O‘quv mashg‘ulotlari akademiyaning professor-o‘qituvchilari uchun o‘tkazildi. To‘rt kun davomida NATO Birlashgan kuchlar qo‘mondonligi mayori Uard Mishel-Tereze, podpolkovniklar Ruzich Drogan hamda Siversen Gunner ma’ruza qilib, o‘qituvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha maslahatlar berishdi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi ko‘plab xalqaro tashkilot va yetakchi xorijiy mamlakat armiyalarining ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, harbiy kadrlarni malakasini oshirish yo‘lida bu kabi o‘quv mashg‘ulotlarini muntazam tashkillashtirib keladi.

Akademiyada NATOning “Multimedia burchagi” ham tashkil etilgan. Mazkur burchakdan o‘rin olgan qo‘llanma va kitoblar asosan rus va ingliz tilida bo‘lib, ularda qurolli kuchlarni qo‘llar strategiyasi va taktikasini yanada takomillashtirish, jangovar operatsiyalarni olib borishning xorijiy tajribalari haqida ma’lumotlar berilgan.