TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin oktabrda O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar qildi O‘zbekiston tashqi savdo vazirligi.
"Rossiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi 18-19 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu kunlarda Toshkentda birinchi Rossiya – O‘zbekiston hududlararo hamkorlik forumi ham tashkil qilinadi", - deyilgan xabarda.
Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi haqidagi dastlabki xabarlar bir necha oy oldin paydo bo‘lgan edi. Bu haqida Rossiya prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Xitoyda bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti vaqtida xabar qilgan edi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 7-Sentabr kuni Moskvada Dmitriy Medvedev bilan uchrashib Rossiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifiga doir masalalarni muhokama qilgan edi.