Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik dehqonlarga Captiva sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev Tursunzoda tumanidagi dehqon xo‘jaligi rahbarlariga Captiva sovg‘a qildi.
Sputnik

TOShKENT, 27 sen – Sputnik. Bugun Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik dehqonlarga Captiva sovg‘a qildi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Tojikistonda davom etayotgan tashrif davoamida Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Tursunzoda tumanidagi “Bog‘i somon” dehqon xo‘jaligiga tashrif buyurishdi. 

Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik dehqonlarga Captiva sovg‘a qildi

Xo‘jalik rahbari Kamol hoji Madumarov asli oltiariqlik usta dehqon farzandi. U ota kasbini davom ettirib, qut-baraka, elda obro‘ topgan. Bugungi kunda xo‘jalik uzumzori 500 gektarga yetgan. O‘nga yaqin navdagi shirin va hosildor uzumlar dovrug‘i butun mintaqamizga taralgan.

Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik dehqonlarga Captiva sovg‘a qildi

Prezidentimiz uzumzor bog‘ va mahsulotlar omborini ko‘zdan kechirdi. Shavkat Mirziyoyev Kamol ota Madumarovga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan Captiva avtomashinasini sovg‘a qildi. 

Davlatimiz rahbari shu tumandagi «Vatan» dehqon xo‘jaligida ham bo‘lib, uning rahbari Ne’mat hoji Usmonovga yana bir avtomashina tuhfa etdi.