Shavkat Mirziyoyev Tojikiston alyumininy  zavodiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonga “Talko-Krantas” – o‘zbek–tojik qo‘shma korxonasining taqdimoti namoyish etildi.
Sputnik

TOShKENT, 27 sen – Sputnik. Tojikistonda bo‘lib o‘tayotgan safari doirasida Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon hamrohligida “Talko” – Tojikiston alyuminiy kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.   

Ma’lumki, Tojikiston alyuminiy zahiralariga boy mamlakat hisoblanadi. “Talko” Tojikistonning eng yirik korxonalaridan biridir. Dastlab ushbu zavod 1975-yilda qurilgan. 2007-yilda “Tojikiston alyuminiy kompaniyasi” davlat unitar korxonasiga aylantirilgan. Bugungi kunda “Talko” tog‘-kon va kimyo-metallurgiya sohalarida ko‘plab korxonalarni birlashtirgan.

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston alyumininy  zavodiga tashrif buyurdi

2018 yilning yil iyul oyida O‘zbekistonning «Krantas grupp» mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan Tojikiston alyuminiy kompaniyasi hamkorligida «Talko-Krantas» maxsus texnikalar zavodi tashkil etildi. Mazkur qo‘shma korxonada avtokranlar, traktor pritseplari, yarimtirkamalar va boshqa maxsus texnikalar ishlab chiqariladi.

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining ushbu korxonaga bo‘lgan tashrifi chog‘ida, ikki davlat hamkorligida tashkil qilingan “Talko-Krantas” maxsus texnikalar zavodining taqdimoti bo‘lib  o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston alyumininy  zavodiga tashrif buyurdi