Retsidivist qo‘lga olindi: u pichoq bilan qarshilik ko‘rsatgan

Hozirda jinoiy guruhning oxirgi a’zosi 1989-yilda tug‘ilgan Yuldashev Bahodir Baxtiyorovich qidirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Bugun, taxminan soat 15-30 o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlar natijasida Jo‘rayev Shoxruh Qobil o‘g‘li qarshilik qilishiga qaramasdan qo‘lga olindi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Toshkentda xavfli jinoyatchi qidirilmoqda

Bundan avval uning boshqa jinoiy shekirlari qo‘lga olinganligi haqida xabar berilgandi.

Qidiruvda jinoiy guruhning oxirgi a’zosi 1989-yilda tug‘ilgan Yuldashev Bahodir Baxtiyorovich qolmoqda.

Toshkent shahar IIBB tomonidan ushbu shaxs manzili to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa: 102, 272-98-39, 231-95-13, (98) 362-51-14 raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.

Toshkent shahar IIBB qo‘ng‘iroq egasining shaxsi oshkor qilinmasligini kafolatlaydi.