Dushanbeda Alishera Navoiy haykali ochildi

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykalini ochishdi va uning poyiga gullar qo‘yishdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 sen – Sputnik. Dushanbeda Alisher Navoiyning yangi haykali ochildi, deb xabar qilmoqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati.   

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari tantanali ravishda Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykalini ochishdi va uning poyiga gullar qo‘yishdi. Haykal Dushanbeda joylashgan Alisher Navoiy nomli bog‘da o‘rnatilgan.

“Ushbu yangi bog‘ - o‘zbek va tojik xalqlarining abadiy do‘stligi ramzi hamda Alisher Navoiyning xotirasini abadiy qilish maqsadida ochildi”, - deyilgan xabarda.

Alisher Navoiy bog‘i zamonaviy ko‘rinishda bo‘lib u 2,23 gektar maydonni egallaydi. Bog‘da kiparis, magnoliya, ardach, klion, sikvoy kabi gullar va daraxtlar o‘sadi. Bog‘da yangi ekilgan daraxtlar va butalar soni 600 dan oshdi va maysazorga aylantirilgan maydon 14 ming metr kvadratni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Dushanbeda joylashgan ushbu bog‘ga Alisher Navoyi nomini berish haqida, O‘zbekiston prezidetni Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga bo‘lgan rasmiy tashrifi arafasida,  2018 yilning 5-martida e’lon qilingan edi.

Dushanbeda Alishera Navoiy haykali ochildi