Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risidagi qonun ma’qullandi

Oliy majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Sputnik

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Bugun Oliy Majlis Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Unda bir qator masalalar ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Qonunga ko‘ra, 5-aprel – Davlat xavfsizlik xizmati kuni etib belgilangan.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.