O‘zsanoatqurilishbank JCB kartalarini qabul qila boshlaydi

JCB International – Yaponiya bank kartalari tizimi 1961-yilda yaratilgan bo‘lib bugungi kunda u Osiyo hududida keng tarqalgan to‘lov tizimlardan biridir.
Sputnik

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zsanoatqurilishbank JCB xalqaro bank kartalarini qabul qilishni boshlaydi, deb xabar qilmoqda “Xalq so‘zi”, bank matbuot xizmatiga asosan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, “O‘zsanoatqurilishbank” JCB International Co., bilan O‘zsanoatqurilishbank tarmoqlari orqali JCB kartalarini qabul qilish bo‘yicha litsenziya shartnomasi imzolagan.

“O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekiston Respublikasida JCB xalqaro to‘lov tizimining kartalarini qabul qiladigan birinchi bank bo‘ladi. JCB kartasi egalari “O‘zsanoatqurilishbank” bo‘limlaridan pul olishlari va O‘zbekistondagi savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari tarmog‘ida xaridlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

“Janubiy Koreya, Indoneziya, Malayziya, Yaponiya va Singapur davlatlarida JCB kartalari keng tarqalgan. O‘zbekiston ushbu davlatlar bilan vizasiz rejimni joriy qilganidan so‘ng u yerdan keladigan sayyohlar soni oshishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, JCB to‘lov tizimiga 1961-yilda Yaponiyada asos solingan bo‘lib, u yetakchi xalqaro to‘lov tizimlaridan biri hisoblanadi. JCB yirik tarmoqli banklarda qabul qilinsa-da, MDH hududida nisbatan kam tarqalgan hisoblanadi.