O‘zbekistonda dorixonalar dorilarni qadoqlab sotish huquqiga ega bo‘ldi

O‘zbekistonda dorixonalar 1-noyabrdan boshlab dorilarning ba’zi turlarini qadoqlab sotish huquqiga ega bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 26 sen – Sputnik. O‘zbekistonda dorixonalar 1-noyabrdan boshlab “Angro” turdagi dorilarni qadoqlab sotish huquqiga ega bo‘ladi, deb xabar qildi Norma.uz bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovga asosan.

“O‘zbekistonda dorixonalarga 1-noyabrdan boshlab dorixona sharoitida, maxsus uskunalardan foydalanilgan holda qadoqlangan va tamg‘alangan «Angro» mahsulotlarni sotishga ruxsat berildi. Tibbiy muassalar, ularni saqlash va tarqatish tartibiga amal qilgan holda ushbu dorilarni sotib olish huquqiga ega”, - deyilgan xabarda.

“Angro” mahsulotlari bu – yakuniy qadoqqa (upakovkaga) ega bo‘lmagan mahsulotlar va dorilar. Odatda ular sanoat o‘lchamidagi qadoqlarda sotiladi. Undan tashqari “Angro” mahsulotlaridan dori vositalari yasash uchun ham foydalanish mumkin.