Tramp Eronga qarshi qattiq sanksiyalar kiritishga va’da berdi

Tramp BMT XK a’zolariga "eron rejimi o‘z hatti-harakatini o‘zgartirishi va hech qachon atom bombasini olmasligi uchun" Eronga nisbatan birgalikda hamkorlik qilish iltimosi bilan murojaat qildi
Sputnik

TOShKENT, 26 sen – Sputnik. AQSh Eronnning "yomon niyat bilan qilingan" faoliyatining barcha spektriga qarshi qat’iy sanksiyalar kiritishda davom etadi, deb bayonot qildi AQSh prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida.

AQSh Butunjahon savdo tashkilotidan chiqishi mumkin, dedi Tramp

"Eron yadroviy dasturi bilan bog‘liq amerika sanksiyalarining barchasi noyabr oyi boshida to‘liq kuchga kiradi. Shundan so‘ng AQSh ilgarigidan ham kattaroq, Eronning yomon niyatli faoliyatining keng jabhasiga qarshi turish uchun qo‘shimcha sanksiyalar kiritadi", — dedi Tramp.

"Sanksiyalarni bajarmaganlarning barchasi og‘ir oqibatlarga duch keladi", - deb ishontirdi amerika yetakchisi.

U BMT XK a’zolariga "eron rejimi o‘z hatti-harakatini o‘zgartirishi va hech qachon atom bombasini olmasligi uchun" Eronga nisbatan birgalikda hamkorlik  iltimos bilan murojaat qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp may oyida Vashington Eron bilan yadro dasturi bo‘yicha bitimdan chiqayotganini e’lon qilgan edi. Tramp Eronga qarshi barcha sanksiyalar, shu jumladan, Eron bilan biznes yurituvchi davlatlarga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar tiklanishi haqida xabar bergan edi.

"Oltilik"ning qolgan a’zolari AQShning ushbu qaroriga qarshi chiqdilar. Yadro kelishuvida qolgan davlatlar Eron bilan hamkorlik qilgani uchun kiritiladigan amerika sanksiyalaridan himoyalovchi choralarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanishmoqda.

AQSh Eronga qarshi sanksiyalarning bir qismini 7-avgust sanasidan qayta jonlantirdi. Neft mahsulotlarini ham qamrab oluvchi yanada aniqroq sanksiyalar 5-noyabrda kuchga kiradi. YeI AQShning takroriy sanksiyalarini tan olmayapti va yevropa kompaniyalariga ularni bajarishga ruxsat bermayapti. Ammo YeIdagi kompaniyalar amerikaning ikkilamchi sanksiyalaridan xavfsirab, Eron bilan biznesni to‘xtatmoqda.