Toshkent ko‘chalarida tungi paytda ham radarlar ishlamoqda

Bir kechaning o‘zida Amir Temur shoh ko‘chasida 232 ta tezlikni belgilangan meyordan oshirish holati aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Toshkent ko‘chalarida tungi paytda ham radarlar ishlashi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri Toshkent IIBB xodimi ma’lumotiga asosan xabar qildi.

Internetda mobil radar ishlashi haqida video lavha joylashtirildi.

“Kechadan boshlab tungi paytda mobil radarlar ishlashi yo‘lga qo‘yildi. Bir kechaning o‘zida Amir Temur ko‘chasida 232 ta tezlikni oshirish holati aniqlandi. 7-sentabrdan boshlab radarlar tezlikni meyoridan oshirish bo‘yicha sal kam 16 ming holatni qayd etdi”, - deb ma’lum qildi Toshkent IIBB xodimi.

Ichki ishlar tizimi xodimining so‘zlariga ko‘ra, yo‘l qoidalarini buzgan haydovchilarga pochta orqali ogohlantirish xatlari keladi.