Toshkentda xavfli jinoyatchi qidirilmoqda

Jinoyatchi xavfli bo‘lib, o‘zida pichoq bor, qarshilik ko‘rsatishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Toshkent shahar IIBB tomonidan og‘ir jinoyatlarni sodir etishda gumonlanayotgan 1991-yilda tug‘ilgan, Olmazor tumanida yashovchi Jurayev Shoxruh Qobil o‘g‘li qidirilmoqda.

Gumonlanuvchi xavfli bo‘lib, o‘zida pichoq bor, qarshilik ko‘rsatishi mumkin.

Toshkentda xavfli jinoyatchi qidirilmoqda

 

Toshkent shahar IIBB tomonidan ushbu shaxs manzili to‘g‘risida ma’lumot bo‘lsa: 102, 272-98-39, 231-95-13, (98) 362-51-14 raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.

Toshkent shahar IIBB qo‘ng‘iroq egasining shaxsi oshkor qilinmasligini kafolatlaydi.