Toshkent – Andijon yo‘nalishida ekspress yuk poyezdi qatnay boshlaydi

Tadbirkorlarga qulay sharoit yaratish maqsadida oktabr oyidan boshlab "Toshkent – Andijon" yo‘nalishida yangi ekspress yuk poyezdi yo‘lga qo‘yildi.
Sputnik

TOShKENT, 26 sen – Sputnik. O‘zbekiston temir yo‘llari “Toshkent-Pop-Marg‘ilon-Andijon” yo‘nalishida yangi ekspress konteyner yuk poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘ydi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

"Yangi poyezd aniq jadval asosida haftada ikki marotaba harakatlanishi va unda tadbirkorlarning turli xil hajmdagi yuklarini 20 futlik konteynerlarda 10 soat muddatda hamda arzon narxlarda o‘z manziliga yetkazib berish ko‘zda tutilgan", - deyilgan xabarda.

Yangi poyezd kichik biznes va xususiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulay sharoitlar yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yildi, deyilgan xabarda.