TOShKENT, 26 sen — Sputnik. BMTda Ukraina prezidenti Petr Poroshenko bilan yuz bergan holat internet foydalanuvchilar orasida kulguga qoldi.
U BMTdagi Rossiya delegatsiyasi xonasiga kirib ketishiga sal qoldi.
Koridordan o‘tib ketayotganda Poroshenko Rossiya jurnalistlarini ko‘rib qoladi. Ular bilan muloqot qilmaslik uchun Rossiya delegatsiyasi yaqinidagi xona eshiklari orqasidan yashirinadi.
Ayrim OAV esa Ukraina yetakchisi Rossiya muzokaralar xonasiga aniq kirib qolganligini yozishadi. Ular yozishicha, adashib qolgannini anglagan Poroshenko 15 sonidan so‘ng xonadan chiqib ketadi va majlislar zaliga yo‘l oladi.
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bu holatga qisqa izoh beradi: “Ehtimol, hojatxona bilan adashtirdi”.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Poroshenko hatti-harakatlaridan hayratda qolishdi. Bunday xatoni mast bo‘lmasdan turib qilish qiyin deya fikr bildirishdi.
Bundan tashqari, foydalanuvchilar Ukraina prezidentining bundan avval ham sodir etgan hatti-harakatlarini esga olishdi. Ulardan keyin uni spirtli ichimliklarni ko‘p ichishida gumon qila boshlashgandi.
“Poroshenko adashib BMTda Lavrovning muzokaralar xonasiga bostirib kirdi. Ichib olishga burchak topishga harakat qilganmikan?”, - deb yozgan @elkis_07.
Ayrimlar esa bu holatni “yashirin ma’noga” ega ekanligini bildirishdi.
“200 ta mamlakatdan adashib Rossiya xonasiga kirib ketdi-ya! Adashib bundan qilish mumkin emas”, - deb izoh yozgan @evilkiller107.
“Poroshenko Rossiya tomon intilmoqda...”, - deya taxmin qilgan @ibzasek.
Bundan boshqa, internet mushtariylari Lavrovning hazili ukrainalik siyosatchilarining hojatxonalar oldida o‘zlarining amerikalik hamkasblarini kutib turish odatiga ishora qilishgan.
Xususan, internet foydalanuvchilari “Batkivshina” partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko AQShga tashrifi chog‘ida Donald Trampni hojatxona oldida kutib turganligi haqida OAV xabarlarini esga olishdi.
“Shu yerda Trampni kutib turishga qaror qilgan”, - deb yozgan @RUvTX7HpY8U6wjJ.