Samarqandda pochta direktori 40 ming $ pora bilan ushlandi

Samarqandda pochta direktori qamoqqa olindi.​​​
Sputnik

TOShKENT, 25 sen – Sputnik. «O‘zbekiston pochtasi”ning Samarqand filiali direktori katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushdi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

“2018 yil 22-sentabr kuni “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Samarqand filiali direktori Sh.Umarov fuqaro U.Yoqubovga filial hududidan savdo do‘koni va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi qurish uchun yer maydoni ajratib berishini aytib, firibgarlik yo‘li bilan undan 40 ming dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan”, - deyilgan xabarda.

Ushbu ish yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston JKning 168 moddasining 4 bandi, va 211 moddasining 3 bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Sh.Umarovga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

UzA​​​ xabariga asosan.