Bosh vazir hibsga olingan sobiq Yunusobod tumani hokimi qarorini bekor qildi

Abdulla Aripov “Matonat” mahalla guzari binosi qurilishi uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi Yunusobod tumani hokimi tomonidan qabul qilingan qarorni bekor qildi.
Sputnik

TOShKENT, 25 sen — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov “Matonat” mahalla guzari binosi qurilishi uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi Yunusobod tumani hokimi tomonidan qabul qilingan qaror bekor qilindi. O‘zA xabariga asosan.

Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkent shahrida qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan sayyor yig‘ilishda ma’lum qildi.

Majlisda Yunusobod tumanidagi “Matonat” mahalla guzari binosi qurilishi uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi Yunusobod tumani hokimi tomonidan qabul qilingan qaror bekor qilindi.

Qurilish ishlari to‘xtatilib, qurilish maydoni hududi obodonlashtirilmoqda, uning o‘rnida bolalar maydonchasi bunyod etilyapti.

Ushbu ishlarni yakunlashga 5 kun muhlat berilgan.

Eslatib o‘tamiz, sobiq Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov 400 ming AQSh dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida qo‘lga olingandi.