O‘zbekistonda yana bir monopoliya paydo bo‘lmoqda

O‘zbekistonda “O‘zavtosanoat”dan ham surbetroq yana bir monopoliyachi paydo bo‘lmoqda – ekspert.
Sputnik

TOShKENT, 24 sen – Sputnik. O‘zbekistonda yana bir monopoliya paydo bo‘lmoqda, deb yozadi iqtisodiyot fanlari doktori, Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti professori Nishonboy Sirjiddinov o‘z Feysbukida.

“O‘zbekistonliklarni yana bir “surpriz” kutmoqda. “O‘zeltexsanoat” AJ nafaqat elektr tovarlari olib kirishni cheklashni (proteksionizm)  va “O‘zavtosanoat”ga berilgan imtiyozlarni ham qo‘lga kiritishni istaydi, balkim tayyor elektr texnikasi importidan oldingan bojlarning 60 %ini - Elektr texnikasini rivojlantirish fondiga yo‘llanishini istaydi. (Odatda barcha bojlar davlat budjetiga yo‘naltiriladi)

"Bunday surbetlikka hatto barcha “sevgan”  “O‘zavtosanoat” ham botina olmagan edi. Shu o‘rinda bitta savol tug‘iladi: bizning iqtisodimiz va iste’molchilarimiz yana bitta monopoliyachiga dosh bera olarmikan? Va eng asosiysi - bizning xalqqa ana shunday “zarariga ishlaydigan” ishlab chiqaruvchi kerakmikan?" , - deb kuyinadi iqtisodchi. 

Darhaqiqat, qo‘shni mamlakatlar bilan chegaralar ochilganidan so‘ng Qirg‘iziston va Tojkistondan O‘zbekistonga olib kelinayotgan elektr tovarlari soni oshdi. U yerda ko‘p narsa O‘zbekistonga qarganda ham arzon ham sifatli edi. Lekin aholi quvonchi ko‘pga cho‘zilmadi. Bojxona xizmati olib kelinayotgan maishiy texnika miqdorini keskin cheklay boshladi.

Dastlab, odam boshiga 1000$dan 300$ga tushirildi. Biroz vaqt o‘tib, bir kishi uchun 1 oyda 1 dona mahsulot (sovutgich, kir yuvish mashinasi, televizor) olib kirishgacha cheklandi. Eng so‘nggi xabarga ko‘ra, Normativ huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida 20-sentabrda  joylashtirilgan yangi qonun loyihasida maishiy texnika olib kirish normasi odam boshiga 6 oyda 1 donagacha cheklanmoqchi