Zomin milliy bog‘i yaqinida zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekiston vaTojikiston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi
Sputnik

TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Kecha 23-sentabr kuni soat 22:02 da O‘zbekistonda zilzila sezildi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatar vazirligi xabar qiladi.

Zilzila episentri, O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida, Zomin milliy bog‘iga yaqinida, Toshkentdan  187 km masofada joylashgan. Yer qimirlash magnitudasi - 3,7 ballni, episentr chuqurligi 5 kmni tashkil qildi.

Zilzila kuchi O‘zbekistonning turli hududlarida quyidagicha sezildi:

Gulistonda,— 2 ball, episentrdan 94 km masofada;

Jizzaxda— 2 ball, episentrdan 72 km masofada;

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.