Rossiya 2 hafta ichida Suriyaga S-300 yetkazib beradi

Ikki hafta ichida Rossiya Suriyaga S-300 mudofaa tizimini yetkazib beradi.
Sputnik

TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Ikki hafta ichida Rossiya Suriyaga S-300 mudofaa tizimini yetkazib beradi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya ikki hafta ichida Suriyaga zamonaviy zenit raketa majmuasi S-300 yetkazib berishini ma’lum qildi.

“Isroil hatti-harakati tufayli, Rossiya  o‘z harbiylarinihimoya qilish uchun munosib choralarni ko‘rishga majbur bo‘lmoqda”, - dedi Sergey Shoygu.

Eslatib o‘tamiz, 17-sentabr kuni  Isroil qiruvchi samolyotlari oldindan ogohlantirmagan holda, Suriya hududiga uyushtirgan hujumi oqibatida Rossiyaning Il-20 razvedkachi samolyoti halokatga uchragan edi. 15 nafar rossiyalik harbiylar qurbon bo‘lgan ushbu fojeada Rossiya qo‘mondonligi Isroilni rasman aybdor deb e’lon qildi.