O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

O‘tgan haftada dollar kursi 176,83 so‘mga ko‘tarilib, 8 039,00 so‘m tashkil qilgandi.
Sputnik

TOShKENT, 24 sen — Sputnik.Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 25-sentabr kunidan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 40,28 so‘mga ko‘tarilib, 8079,28 so‘m tashkil qildi.

Yevro kursi esa 144,60 so‘mga ko‘tarilib, 9 492,35 so‘mni tashkil qildi.

Shu bilan birga, Rossiya rubli 3,41 so‘mga ortib, 121,46 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.