O‘zbekiston maxsus harbiy bo‘linmalari xalqaro musobaqada ishtirok etadi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligining maxsus bo‘linmalari Belarusda bo‘lib o‘tdigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi.
Sputnik

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligining maxsus bo‘linmalari xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Belarus Respublikasiga jo‘nab ketdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga asosan.

21 sentabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari maxsus bo‘linmalar o‘rtasida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Belarus Respublikasiga jo‘nab ketdi.

"Musobaqada O‘zbekiston Mudofaa vazirligidan 10 nafar vakil mamlakat sharafini himoya qiladi. Bahslarning asosiy qismi 24-28 sentabr kunlari Marina Gorka aholi yashash punktida joylashgan harbiy qism poligonida bo‘lib o‘tadi.", - deyilgan xabarda.

Ushbu musobaqada Belarus Respublikasi Davlat xavfsizlik qo‘mitasining «A», Ichki ishlar vazirligining «Almaz» guruhlari, mamlakat prezidentining xavfsizligini ta’minlashga mas’ul xizmat vakillari, shuningdek, xorijlik jamoalaro‘zaro bellashadi.

Xonobod aerodromida o‘quv-mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

Musobaqa davomida ishtirokchilar shahar va o‘rmon sharoitida o‘zmahoratlarini jamoaviy hamda yakka tartibda namoyish etishlari lozim. Xususan, otish mashqlari, shartli dushman razvedkachi guruhini qidirib topish, asirlarni ozodetish, yaradorlarni evakuatsiya qilish kabi shartlarda alohida qo‘shimcha ballar olishi mumkin.

Ishtirokchilar hamdo‘stlik mamlakatlaridagi maxsus bo‘linmalarda xizmat ko‘rsatuvchi yuqori professionallikka ega hakamlar tomonidan baholab boriladi.

Mazkur musobaqa turli idoralarga qarashli maxsus bo‘linmalar xizmatchilarining nafaqat yuqori tayyorgarlik darajasini, balki jangovar tayyorgarlik bo‘yicha eng so‘nggi va zamonaviy amaliyotdan boxabar bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi.