O‘qishga kirolmaganlar uchun imkoniyat: 9 ta OTMga qo‘shimcha kvotalar berildi

Kirish imtihonlari oliy ta’lim muassasalari tomonidan 2018-yil 28-30 sentabr kunlari o‘tkaziladi
Sputnik

TOShKENT, 22 sen - Sputnik. O‘zbekistondagi 9 ta OTMga xorijiy OTMlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash uchun qo‘shimcha kvotalar berildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Yangi o‘quv yilidan OTM shartnoma to‘lovlari EKIHda o‘lchanadi

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018-yilda 17-sentabrdagi 9-sonli bayoni bilan 9 ta oliy ta’lim muassasasiga 2018/2019 o‘quv yili uchun qabuli uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul kvotalari tasdiqlandi.

Bular: Toshkent davlat texnika universiteti – 75 ta (bakalavriat); Toshkent davlat stomatologiya instituti – 60 ta (bakalavriat); Toshkent kimyo-texnologiya instituti – 20 ta (magistratura); Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti – 10 ta (magistratura); Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti – 25 ta (bakalavriat); Milliy rassomlik va dizayn instituti – 20 ta (bakalavriat); Namangan muhandislik-texnologiya instituti – 60 ta (bakalavriat); Namangan muhandislik-qurilish instituti – 60 ta (bakalavriat) va Andijon mashinasozlik instituti – 90 ta (bakalavriat – 80 ta, magistratura – 10 ta).

Qo‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavriat va magistraturaga abituriyentlardan hujjatlar 2018-yil 25-sentabrgacha qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari oliy ta’lim muassasalari tomonidan 2018-yil 28-30 sentabr kunlari o‘tkaziladi.

O‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun o‘qish istisno tariqasida 2018-yilning 2-oktabridan boshlanadi.

Kirish sinovlari natijasi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga to‘lov-kontrakt shartlarini bajarishning oxirgi muddati 2018-yil 31-oktabr etib belgilandi.