Sharqona loyiha: Toshkentda birinchi marta "O‘zbekiston sovg‘alari" yarmarkasi o‘tkazildi

Sputnik

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida, bugun, 22-sentabr kuni "O‘zbekiston sovg‘alari" Birinchi Respublika ko‘rgazma-savdosi o‘z ishini boshladi.

Ishsiz fuqarolarga eng kam ish haqi to‘lab yangi kasb-hunar o‘rgatiladi

Ushbu tadbir Savdo-sanoat palatasi, Madaniyat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Badiiy akademiya, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Bojxona qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra respublika xududida har yili mahalliy hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan 500dan ortiq horijiy buyumlar import qilinadi.

Ma’lumki, O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlar, mehmonlar har bir ziyorat qilgan joylaridan esdalik, yodgorlik sovg‘alarini xarid qiladilar. Bugungi kunda bunday joylarda sotilayotgan yodgorliklarning ma’lum qismi horijdan keltirilgan bo‘lib, O‘zbekiston to‘g‘risida hech qanday taassurot yoki xotira ma’nosini anglatmaydi.

Endilikda O‘zbekistonda bunday esdalik sovg‘alari mahalliy usta-hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish va ommalashtirish rejalashtirilmoqda.

Buning uchun avvalambor mamlakatga yelgan mehmonlar hamda sayyohlarning ehtiyojlarini o‘rganish hamda “Usta-shogird” maktablarini  rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.

1 / 12
Ko‘rgazma-savdoda hunarmandchilik mahsulotlari savdosi ham tashkil qilindi. Unda yuzdan ortiq eng mohir o‘zbekistonlik hunarmandlarning noyob asarlarini tomosha qilish bilan birgalikda, xarid qilish mumkin.
2 / 12
Sharqona loyiha: Toshkentda ilk marotaba "O‘zbekiston sovg‘alari" yarmarkasiga start berildi.
3 / 12
Qo‘g‘irchoqlarga talab katta bo‘ldi. Hech bir qizaloq qo‘lda matodan tikilgan bunday bejirim sovg‘a oldidan shunchaki o‘tib keta olmadi.
4 / 12
Tadbirlarda   qatnashish  istagini  bildirgan mehmonlar o‘z qo‘llari bilan loydan ko‘za yasab ko‘rishlari, ipakdan mato to‘qishlari, do‘ppiga naqsh berib ko‘rishlari, beshik yasash jarayonlarida  bevosita ishtirok etishlari mumkin.
5 / 12
Tadbir ayniqsa yoshlar o‘rtasida nomoddiy madaniy merosimizning ahamiyati va uni saqlab qolish xususida tushuntirish ishlarini olib borish, milliy va xalqaro darajadagi yodgorliklarni targ‘ib qilish, fikr va tajriba almashish uchun zamin bo‘ladi.
6 / 12
“O‘zbekiston sovg‘alari” ko‘rgazma-savdosi  hunarmand-chilikni yanada rivojlantirish, ishlab chiqargan yodgorlik turlarini kengaytirish va ularning ommabopligini  aniqlash, sifat va dizayni ustida  ish olib borish, chet ellik mehmonlarning mahsulotlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini o‘rganishdan iboratdir.
7 / 12
Ko‘rgazma-savdoda milliy liboslar va taqinchoqlar defilesi, shuningdek, o‘zbek milliy taomlarining tayyorlanish jarayonlari namoyish etildi.
8 / 12
Tadbirda dorboz o‘yinlari, kurash musobaqalari, o‘zbek jang san’ati bo‘yicha sportchilar chiqishi, milliy urf-odatlarning namoyishi, qo‘g‘irchoq teatri bilan birgalikda mashhur qo‘g‘irchoqbozlar tomonidan qiziqarli tomoshalar, folklor jamoalarining chiqishlari namoyish etildi.
9 / 12
Tadbir ishtirokchilari.
10 / 12
Bu asarlar tabiiy mahsulotlardan qo‘lda tayyorlangan bo‘lib, unda hunarmandning qalb qo‘ri, ko‘z nuri hamda xalqimizning orzu-istaklari va ming yillik an’analarini o‘zida mujassam etgan.
11 / 12
Tadbirda dorboz o‘yinlari, kurash musobaqalari, o‘zbek jang san’ati bo‘yicha sportchilar chiqishi, milliy urf-odatlarning namoyishi, qo‘g‘irchoq teatri bilan birgalikda mashhur qo‘g‘irchoqbozlar tomonidan qiziqarli tomoshalar, folklor jamoalarining chiqishlari namoyish etildi.
12 / 12
Ichki ishlar organi xodimlari mehmonlarning osoyishtaligini ta’minladilar.