Afg‘onistonda mina portlashi oqibatida 8 nafar bola halok bo‘ldi

Afg‘oniston politsiyasi yuz bergan hodisa bo‘yicha javobgarlikni "Tolibon" harakati jangarilariga yuklamoqda. Harakat vakillari hozircha ushbu hodisa yuzasidan izoh bermagan
Sputnik

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Afg‘oniston shimolida yuz bergan mina portlashi oqibatida sakkiz nafar bolakay halok bo‘ldi, yana olti nafari jarohatlandi, deb xabar qildi RIA Novosti Sinxua agentligiga tayangan holda.

Afg‘oniston parlamenti AQSh bilan xavfsizlik kelishuvini qayta ko‘rib chiqadi

Huquq tartibot organi vakili Abdula Karim Urash so‘zlariga ko‘ra, hodisa juma kuni kechqurun Farob provinsiyasi ma’muriy markazi shimolida yuz bergan.

Portlash oqibatida 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar qurbon bo‘lgan.

Afg‘oniston politsiyasi yuz bergan hodisa bo‘yicha javobgarlikni "Tolibon" harakati jangarilariga yuklamoqda. Harakat vakillari hozircha ushbu hodisa yuzasidan izoh bermagan.