Qashqadaryoda harbiylar uchun autsorsing tizimiga asoslangan zamonaviy oshxona ish boshladi

Bir vaqtning o‘zida 200 kishiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan oshxona harbiy uchuvchilar hamda texnik muhandislar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, har kuni ularning e’tiboriga turli-tuman parhez taomlar taqdim etish imkoniyatiga ega
Sputnik

TOShKENT, 20 sen - Sputnik. Qashqadaryo viloyatida joylashgan Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qismlardan birida yangi, zamon talablari asosida bunyod etilgan oshxona foydalanishga topshirildi.

Qashqadaryoda harbiylar uchun autsorsing tizimiga asoslangan zamonaviy oshxona ish boshladi

Bir vaqtning o‘zida 200 kishiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan oshxona harbiy uchuvchilar hamda texnik muhandislar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, har kuni ularning e’tiboriga turli-tuman parhez taomlar taqdim etish imkoniyatiga ega.

Ta’kidlash kerak, autsorsing tizimi oshxonadagi oziq-ovqat ta’minoti sifatini yanada yaxshilash, oshxonalar taomnomasini kengaytirishga xizmat qiladi.

Armiyada xizmat qilish uchun qanday sinovlardan o‘tish kerak

Oshpazlar har kunlik belgilangan qat’iy taomnomaga asosan ovqat tayyorlaydi.

Oshxonada oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ishlov berishga mo‘ljallangan alohida xonalar mavjud. Harbir xona zamonaviy texnologik jihozlar, yuqorisi fatli idish-tovoqlar bilan ta’minlangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Vazirlar Mahkamasi "O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlaridagi harbiy xizmatchilarning ovqatlanish sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarorni imzolagan bo‘lib, bugungi kunda vazirlik harbiy qism va muassasalarining barchasi ushbu tizimga samarali o‘tkazildi.