Samarqandda ayol janjal vaqtida eri ustidan qaynoq suv to‘kib yubordi

Ayol qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 20 sen - Sputnik. Samarqand viloyatining Narpay tumanida o‘zaro janjal vaqtida ayol o‘z turmush o‘rtog‘i ustidan qaynoq suv ag‘dardi, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Zo‘ravonlik muammosini oldini olish: ayollar uchun “ishonch telefoni” ishga tushirildi

"Samarqand viloyatining Narpay tumanida shu yilning 9-sentabr kuni “Oqtosh” MFYda yashovchi S.M. ismli ayol uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashovchi turmush o‘rtog‘i N.M.ning ustiga qaynoq suv sepib yuborgan", - deyiladi xabarda.

Natijada er kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Ayol qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.