IIV markaziy apparatida yangi rahbarlar tayinlandi

Mayor Sherzod Ganiyev O‘zbekiston IIV Tashkiliy departament boshlig‘ining o‘rinbosari – Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.
Sputnik

TOShKENT, 20 sen - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining markaziy apparatida tayinlovlar amalga oshirildi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

IIV tizimida 17ta yangi rahbar tayinlandi

Xususan, mayor Safarov Djaxongir Ismoilovich O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departament boshlig‘ining o‘rinbosari – Yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mayor Ganiyev Sherzod Alisherovich O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departament boshlig‘ining o‘rinbosari – Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.

Podpolkovnik Jo‘raboyev Ozodbek Abdukaxxorovich O‘zbekiston Respublikasi IIV Tashkiliy departament, Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.