Shimoliy va Janubiy Koreya harbiy sohada bitim imzoladi

Shu yil aprelda Mun Chje In va Kim Chen In Koreya yarim oralida tinchlik o‘rnatilishiga kelishib olishgandi.
Sputnik

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Pxenyandagi sammitda KXDR va Janubiy Koreya harbiy sohada bitim imzolashdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Shimoliy va Janubiy Koreya yetakchilari birgalikda usti ochiq limuzinda aylanishdi

Hujjatni ikki davlat prezidentlari ishtirokida Janubiy Koreya mudofaa vaziri Son Yon Mu va KXDR Xalq qurolli kuchlari vaziri No Gvan Chxol imzoladi.

Uch kunlik tashrif davomida Janubiy Koreya prezidenti ikki marta Kim Chen In bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Uchrashuv chog‘ida ikki davlat o‘rtasida munosabatlarni yaxshilash, denuklearizatsiya va Shimoliy Koreya va AQSh muloqotini rivojlantirish, shuningdek Koreya yarim orolida harbiy keskinlikni kamaytirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yil aprelda Mun Chje In va Kim Chen In Koreya yarim oralida tinchlik o‘rnatilishiga kelishib olishgandi.