TOShKENT, 19 sen - Sputnik. Kecha 18 sentabr kuni AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Samuel Braunbek boshchiligidagi delegatsiya Diniy idoraga keldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi.
U yerda Samuel Braunbek O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ushbu martabali mehmon bilan muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida O‘zbekiston muftiysi Respublikada diniy ibodatlarni, ma’raka marosimlarni emin-erkin va tinchlik-osoyishtalikda ado etib kelinayotgani hamda yurtimizdagi xayrli islohotlar, ulkan ijrootlar va ilg‘or tashabbuslar haqida so‘zlab berdi.
Elchi Samuel Braunbek janoblari o‘tgan vaqt davomida O‘zbekistonda amalga oshirilgan diniy sohadagi ishlarga yuqori baho berdi. Shuningdek, inson haq-huquqlari muqaddas ekani, ayni paytda bu masala mamlakatlar manfaati uchun katta xizmat qilishini alohida ta’kidladi.
Martabali mehmon “Hazrati Imom” majmuasidagi tarixiy obidalar, “Hazrati Usmon Mushafi”ni ziyorat qildi va “Baraqxon” madrasasidagi hunarmandchilik ishlari bilan tanishdi. Uchrashuv do‘stona va samimiy ruhda o‘tdi.