Toshkentda issiq suvni o‘chirish jadvali o‘zgardi

Issiq suvning butunlay o‘chirilishi IM-8, IM-4, IM-10da 2018-yilning 2-5 oktabr kunlari amalga oshiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. “Toshissiqquvvati” DUKning xabarida yozilishicha, IM-4 va IM-10 issiqlik manbalarining kuzgi rejali butunlay to‘xtatilishi boshqa muddatga ko‘chirilmoqda.

Elektr, suv va gaz hisobotlarini internet orqali yuborish taklif etildi

Korxona xabariga qaraganda, issiq suvning butunlay o‘chirilishi IM-8, IM-4, IM-10 da 2018-yilning 2-5 oktabr kunlari amalga oshiriladi.

Rejali to‘liq o‘chirish davrida issiq suv ta’minoti quyida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lmaydi.
IM-4 va IM-10 issiqlik manbalarining hududlari ro‘yxati:

Amal qilish hududi: Amir Temur, Mustaqillik shoh ko‘chalari, Osiyo, Bog‘ishamol, Minor 1-tupik, Chingiz Aytmatov, Niyozbek yo‘li, Kichik halqa yo‘li, Hamid Olimjon, Mingo‘rik, Abdulla Qodiriy, Bodomzor, Ko‘rgazma, Qozitarnov, G‘irg‘irtepa, Bog‘iravon, Shivli, Shuhrat, Ahmad Donish, Yangishahar, Dehqonobod, Sohibkor, Katta halqa yo‘li, Kichik halqa yo‘li, Shahriston, Chinobod, Uch Qahramon, Moyqo‘rg‘on, Quloqtepa, Yangi Yunusobod, Yunusota, Jumamasjid, M.Turg‘unboyeva, Gulsaroy, Sebzor, Oltinsoy, Shimoliy Olmazor, Zulfiyaxonim, Labzak, Nurafshon, Sag‘bon, Qoraqamish, Qoraqamish 1-ko‘cha, Forobiy, Beruniy, Muxbir, Mirzo G‘olib, Shifokorlar, Talabalar, Katta halqa yo‘li, Qamarniso, Qoraqamish 2-ko‘cha, Shifokorlar 2-ko‘cha, Universitet ko‘chalari, Yunusobod dahasi 1-19 kvartallar, S-1,2,4,5,6,12,15,S-17,18 (Sebzor), Taxtapul, Qoraqamish 1/1,1/2,1/3,1/4, 2/1, 2/2, 2/3,2/4, 2/5, Yoshlik, Chimboy, Beshqo‘rg‘on – 1,2,3,4 mikrotumanlari, Qamarniso, ToshGTU, Olimpiya, Ibn Sino 1,2, Beltepa, Jarariq, Shifokorlar shaharchasi, Hamid Olimjon maydoni.