Tojikistonda O‘zbekiston harbiylari ishtirokida aksilterror mashg‘ulotlari boshlandi

2017 yildan boshlab O‘zbekiston harbiy xizmatchilari xalqaro miqyosdagi turli musobaqa va tanlovlarda hamda hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. 17-sentabr kuni Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyatida joylashgan So‘g‘d garnizonining dala o‘quv markazida ikki davlat maxsus bo‘linmalarining hamkorlikdagi aksilteror taktik o‘quvlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Unda Tojikiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Bosh shtab boshlig‘i general-leytenant Emomali Sobirzoda, vazirlik va boshqa kuch tuzilmalari qo‘mondonliklari vakillari hamda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.

Tojikistonda O‘zbekiston harbiylari ishtirokida aksilterror mashg‘ulotlari boshlandi

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan ikki davlat o‘rtasida ilk marotaba o‘zaro harbiy sohada bunday yaqin hamkorlikning o‘rnitilishi Markaziy Osiyo mintaqasidagi xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlab o‘tildi. 

Tojikistonda O‘zbekiston harbiylari ishtirokida aksilterror mashg‘ulotlari boshlandi

Rasmiy marosim yakunlangach, harbiy xizmatchilar uchun tojikistonlik estrada yulduzlari tomonidan turli-tuman qo‘shiqlar ijro etildi, bu albatta, yig‘ilganlar kayfiyatiga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Tojikistonda O‘zbekiston harbiylari ishtirokida aksilterror mashg‘ulotlari boshlandi

Tantanali tadbirdan so‘ng, general-leytenant Emomali Sobirzoda o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, O‘zbekiston madaniyati, milliy qadriyatlari, boy tarixi hamda Qurolli Kuchlari salohiyatini o‘zida aks ettirgan ko‘chma ma’naviyat xonasiga tashrif buyurdi.

Ta’kidlash joizki, 2017-yildan boshlab O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari xalqaro miqyosdagi turli musobaqa va tanlovlarda hamda hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda.