Suriya hududida Rossiyaning razvedkachi samolyoti yo‘qolib qoldi

Isroil Havo kuchlari hujumi vaqtida Suriya hududida Rossiyaning "Il-20" razvedkachi samolyoti yo‘qolib qoldi.  
Sputnik

TOShKENT, 18 sen - Sputnik. Suriyadagi Xmeymim aviabazasi 17-sentabr kuni kechqurun Rossiyaning Il-20 razvedkachi samolyoti bilan aloqa uzilganini ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“17 sentabr kuni Moskva vaqti bilan soat 23:00 da Xmeymim aviabazasiga qaytish vaqtida Rossiyaning Il-20 samolyoti ekipaji bilan aloqa uzilib qoldi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Il-20 samolyoti Isroilning F-16 samolyotlari tomonidan Latakiyaga qilingan hujum vaqtida radarlarda ko‘rinmay qolgan. Undan tashqari aynan shu damda Rossiya radiolokatsiya vositalari ushbu hududda yaqin joyda joylashgan Fransiyaning "Overn" fregatidan raketalar uchirilganini qayd qilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga asosan Il-20 samolyoti bortida 14 nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan. Ayni damda ularning taqdiri haqida hech narsa ma’lum emas. Xmeymim aviabazasi qo‘mondonligi ekipajni qidiruv-qutqaruv operatsiyasini boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni Latakiya hududida Suriya havo himoyasi kuchlari raketa hujumini qaytarishganini xabar qilingan edi. Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu hujum dengiz tomonidan  uyushtirilgan bo‘lib, bir necha raketalar nishonga yetib kelguniga  qadar yo‘q qilingan edi.