Qobulda 26 nafar “IShID” jangarilari qo‘lga olindi

Afg‘onistonda “IShID” terrorchilik uyushmasining ta’siri kuchaydi. Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab operatsiyalar o‘tkazishmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Afg‘oniston maxsus xizmatlar “Islom davlati” terrorchilik uyushmasining 26 nafar jangarilarini qo‘lga olishdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Afg‘onistonda bir kunda 70 nafar jangari yo‘q qilindi

Xabarda aytilishicha, terrorchilar shu hafta shialarning bayramida hujum uyushtirishni rejalashtirishgan.

Hibsga olish uch kun davomida o‘tkazilgan. Terrorchilik guruh rahbari ham ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Afg‘oniston poytaxtida hudkush-terrorchi olomon ichida o‘zini portlatgandi. Qabul politsiyasi vakili Xashmat Stanikzay so‘zlariga ko‘ra, portlash sodir bo‘lganda terrorchi motosiklda bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, portlash oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi va 25 nafar jarohatlandi. Bu amal uchun mas’uliyatni “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi o‘z zimmasiga olgandi.

Afg‘onistonda “IShID” terrorchilik uyushmasining ta’siri kuchaydi. Afg‘oniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab operatsiyalar o‘tkazishmoqda.