TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Isroil uchuvchilari Rossiya samolyoti ortida yashiringan holda uni raketa zarbasiga duch qilgan, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi vakili general-mayor Igor Konashenkov.
Uning xabariga ko‘ra, 17-sentabr kni soat 22:00da Isroil havo kuchlarining to‘rtta F-16 samolyoti Latakiya shahri yaqinidagi obyektlarga hujum uyushtirdi. Isroil uchuvchilari O‘rta yer dengizi tomondan past uchib nishonga yaqinlashgan.
“O‘zlarining ushbu manyovri bilan, Isroil uchuvchilari ushbu hududda bo‘lgan kemalar va uchuvchi apparatlar uchun ataylab xavfli vaziyat yaratishdi”, - dedi Konashenkov.
Uning so‘zlariga ko‘ra Isroil samolyotlari bomba tashlaydigan nishon Fransiyaning “Overn” fregati hamda Rossiyanin Il-20 samolyoti qo‘nayotgan joyga yaqin bo‘lgan.
“Rossiya samolyoti ortida yashiringan holda Isroil uchuvchilari uni Suriya havo mudofaasi kuchlarining o‘ti ostida qoldirdi. Buning oqibatida o‘lchami F-16 samolyotlaridan ancha katta bo‘lgan Il-20, “S-200” raketalarining oson nishoniga aylangan”, - dedi Konashenkov.
“Isroil havo hujumini boshqaruv tizimi hamda F-16 uchuvchilari 5 km masofadan pastlab kelayotgan Rossiya samolyotini ko‘rmasliklarining iloji yo‘q edi, lekin shunday bo‘lsada ular ushbu xoinona harakatlarni amalga oshirishdi”, - dedi Mudofaa vazirligi vakili.
Isroil rejalashtirilayotgan hujum haqida Rossiya qo‘shinlari qo‘mondonligini ogohlantirishi kerak edi, lekin u bunday qilmagan. Ogohlantirish zarbadan bir daqiqa oldin “qaynoq liniya” orqali kelib tushgani sababli, Rossiya samolyotini xavfli hududdan olib chiqib ketishning iloji bo‘lmagan.
Ayni damda Il-20 qulab tushgan hududda qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
“Isroil hatti-harakatini dushmanga xos deb hisoblaymiz. Isroil harbiylarining ma’suliyatsizligi oqibatida 15 nafar Rossiya harbiylari qurbon bo‘ldi. Bu Rossiya – Isroil hamkorligi ruhiga mutlaq javob bermaydi. Biz bunga loyiq javob berish huquqini o‘zimizda saqlab qolamiz”, - deyilgan Mudofaa vazirligi xabari so‘ngida.
Moskvadagi Isroil elchixonasi Rossiya Mudofaa vazirligining ushbu xabariga izoh berishdan voz kechishdi.