O‘zbekistonda dollar va yevro kursi keskin ko‘tarildi

O‘tgan haftada dollar kursi atigi 19,24 so‘mga ko‘tarilib, 7 862,17 so‘m tashkil qilgandi.
Sputnik

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 18-sentabr kunidan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 176,83 so‘mga ko‘tarilib, 8039,00 so‘m tashkil qildi.

Yevro kursi esa 266,16 so‘mga ko‘tarilib, 9 347,75 so‘mni tashkil qildi.

Shu bilan birga, Rossiya rubli 5,46 so‘mga ortib, 118,05 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.