Notarius biometrik va pasportga oid ma’lumotlarni mustaqil tekshiradi

Vakolatli organ notarius so‘rovnomasiga asosan ma’lumotlarni real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etadi.
Sputnik

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. 2018-yil 14-sentabrdagi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan notarial harakatlarni amalga oshirishda biometrik va pasportga oid ma’lumotlarini tekshirishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. 

Xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash tartibi tasdiqlandi

Unga ko‘ra, 2019-yil 1-yanvardan boshlab:

Notarial harakatni amalga oshirish uchun davlat notarial idoralariga murojaat qilgan shaxsga oid ma’lumotlar notariuslar tomonidan barmoq izlarini skaner qilish va ularni pasportdagi (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatidagi) biometrik ma’lumotlar bilan solishtirish orqali mustaqil tekshiriladi.

Bunda notarius biometrik, shuningdek pasport ma’lumotlarini tekshirish uchun idoralararo elektron tizim orqali so‘rov yuboradi.

Vakolatli organ notarius so‘rovnomasiga asosan ma’lumotlarni real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etadi.

Mazkur jarayonni amalga oshirish notarial harakat turiga qarab 15-30 daqiqa ichida amalga oshiriladi.