Islom Taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hajar O‘zbekistonga keldi

ITB prezidenti Investitsiyalar qo‘mitasi tomonidan tashkil qilingan tadbirlarda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga yetib keldi.
Sputnik

TOShKENT, 17 sen - Sputnik. Islom Taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hajar, Arab fondlari delegatsiyasi bilan birga  O‘zbekistonga keldi, deb xabar qilmoqda Davlat Investitsiyalar qo‘mitasi matbuot xizmati. 

"Islom Taraqqiyot banki rahbariyati tashrif doirasida 18-19 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan "ITB guruhi kuni" tadbirida hamda Arab fondlari Kordinatsion guruhi ishtirokida bo‘lib o‘tadiga davra suhbatida ishtirok etadi", - deyilgan xabarda.  

O‘zbekiston tomonidan ushbu tadbirlarda bosh vazir o‘rinbosari, Davlat Investitsiyalar qo‘mitasi rahbari Suxrob Xolmuradov ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyov 2016-yilning oktabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan IHT forumi doirasida, ITB prezidenti Bandar Hajar bilan uchrashib O‘zbekistonda Islom Madaniyati markazi hamda ITB ofisi ochish va boshqa masalalarni muhokama qilgan edi.