O‘zbekistonda “Avtomobilsiz kun” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bundan buyon “Avtomobilsiz kun” tadbiri har oyning uchinchi jumasida domiy ravishda o‘tkaziladi.
Sputnik

TOShKENT, 16 sen – Sputnik.  Kecha, 15-sentabr kuni O‘zbekistonda “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start berildi, deb xabar qilmoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi.

"Ushbu tadbir Vazirlar Maxkamasining 2018-yil 30-avgustdagi “Yo‘l harakati xavfsizligi kunini o‘tkazish va yo‘l transport xodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 701-sonli qarorida belgilangan vazifaga asosan tashkil etildi", - deyilgan xabarda.

Mazkur aksiya Ichki Ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Ekoharakat hamda O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi hamkorligida o‘tkazildi. Aksiyada vazirlik va idoralar rahbar va xodimlari bilan bir qatorda O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi xodimlari faol ishtirok etib, o‘z ish joylariga velosipeda keldilar.

O‘zbekistonda “Avtomobilsiz kun” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Ushbu aksiya nafaqat atrof-muxitni muxofaza qiladi, shu bilan birga odamlar orasida sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib etib, yurtimizda velosport turini yanada ommalashiga xizmat qiladi. Bugungi kunda yurtimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan velosiped yo‘laklari hamda zamonaviy veloturargohlar barpo etilayotganligi quvonarli xoldir.

Bundan buyon “Avtomobilsiz kun” tadbiri har oyning uchinchi jumasida domiy ravishda o‘tkazishga qaror qilindi.