Kulib-kulib uysiz qoldi: "Nasha Russia" aktori ko‘chada yashamoqda

"Nasha Russia" teleko‘rsatuvida “Jamshut” rolini ijro etgan aktor ko‘chada yashamoqda.
Sputnik

TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Rossiyada ommaviy bo‘lgan "Nasha Russia" teleko‘rsatuvida “Jamshut” rolini ijro etgan aktor Valeriy Magdyash Yessentuki vokzalida yashamoqda, deb xabar qildi "Rossiya-1" telekanali.

Ushbu hajviy ko‘rsatuvga suratga tushganiga qadar, kelib chiqishi Moldovalik bo‘lgan aktor Moskvada bir xonali kvartirada yashagan. Teleko‘rsatuv ommaviy bo‘lgan sari aktor ko‘proq pul ishlab topa boshlagan – har bir suratga olish kuni uchun ming dollar atrofida maosh olgan.

"Bir yil davomida biroz mablag‘ jamg‘argan aktor, kattaroq turar joy xarid qilish maqsadida, o‘zining bir xonali kvartirasini sotadi va barcha pullarni olib bank tomon yo‘l oladi, lekin yo‘l yo‘lakay kimdir uning boshiga temir truba bilan urib tunab ketadi", - deyilgan xabarda. 

O‘ziga kelgan aktor bir amallab poyezdda Kavkazga yetib oladi. Yessentuki vokzalida bir necha kun yashaganidan so‘ng uni Tatyana Vanchugova ismli ayol tanib qolib uyiga taklif qiladi.

67 yoshli aktor ayolning mehribonligi evaziga uning uyini bepul remont qilib beradi. Ayni damda Magdyash Kavkazskie Mineralnie vodi shahrida bolalar teatr studiyasida dars bermoqda va Moskvaga qaytishni orzu qilmoqda.