TAShKENT, 15 sen - Sputnik. Toshkent shahar hokimligi va Turkiyaning Senkron teknolojı A.S OAJ o‘rtasida o‘zaro tushunish to‘g‘risida memorandum imzolandi, deb xabar qildi poytaxt ma’muriyati matbuot-xizmati.
Tomonlar O‘zbekiston poytaxtida avtomatlashtirilgan pulli parkovka zonalarini joriy etishga kirishdilar.
Hujjatga muvofiq, mamlakatlar hamkorlikda biznes-reja, hujjatning moliyaviy modelini va loyiha-smetasini ishlab chiqadilar.
Shartnoma doirasida davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida bitim imzolanadi.
Loyiha olti million dollarga baholanmoqda.