TOShKENT, 15 sen - Sputnik. O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Bahrom Ashrafxanov prezident farmoni bilan "O‘zbekneftegaz" kompaniyasi boshqaruv raisi etib tayinlandi. Yangi lavozimga o‘tayotgani haqida u O‘zbekiston Mustaqilligining 27-yilligi sharafiga tashkillashtirilgan tantanali tadbir davomida ma’lum qildi.
Tantanali qabul, juma, 14-sentabr kuni Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida o‘tkazildi. Tadbirda Bahrom Ashrafxanov Rossiyadagi diplomatik missiyasini yakunlayotgani haqida tantanali ravishda e’lon qildi.
Ko‘psonli mehmonlar - diplomatik korpus vakillari, boshqa davlatlardan bo‘lgan hamkasblari va jurnalistlar qarshisida chiqish qilar ekan, Ashrafxanov barchaga uni qo‘llab-quvvatlashganlari uchun minnatdorlik bildirdi.
"Shunday bo‘ldiki, bugun Rossiya Federatsiyasidagi elchi sifatida mening ishtirokimda oxirgi tadbir o‘tkazilmoqda. Men yangi ishga o‘tayapman, lekin ishonchim komilki, bundan keyin ham do‘stlarimiz va hamkaslarimiz bilan aloqalarimiz davom etadi. Men barchaga qo‘llab-quvvatlaganlari va hamkorlikdagi ish uchun minnatdorlik bildiraman", - deb qayd etdi elchi.
O‘z navbatida, Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari - davlat kotibi Grigoriy Karasin Bahrom Ashrafxanovga yangi lavozimda muvaffaqiyatlar tiladi va bajarilgan ish uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi lavozimiga kim tayinlanishi hozircha ma’lum qilingani yo‘q.
Bahrom Ashrafxanov Rossiyadagi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini 2016-yilning fevralidan boshlab boshqarib kelayotgan edi.