O‘zbekiston hukumati ijro tuzilmasida jiddiy o‘zgarishlar kiritildi

Prezident qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari — “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimi tugatildi.
Sputnik

TOShKENT, 14 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 12-sentabrdagi qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi ijro tuzilmasiga o‘zgartirish kiritildi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi “O‘zbekneftegaz” AJga rais etib tayinlandi

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari — “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimi tugatildi.

Tuzilmada bosh vazir o‘rinbosari - Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari lavozimi joriy etildi.

Prezident qarori bilan Alisher Sultonov bosh vazir o‘rinbosari – Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari etib tayinlandi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi lavozimini egallagan.