Lukashenko Mirziyoyevning Tan-Shan tog‘lari etagidagi shaxsiy qarorgohiga tashrif buyurdi

“Qaynarsoy” qarorgohi Toshkent shahridan 90 kilometr uzoqlikda, Chorvoq suv ombori bo‘yida va Tan-Shan tog‘lari etagida joylashgan.
Sputnik

TOShKENT, 14 sen – Sputnik. Belarus prezidentining Aleksandr Lukashenko Mirziyoyevning Tan-Shan tog‘lari etagidagi shaxsiy qarorgohiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Belarusning “Belta” davlat axborot agentligi.

Belarus prezidenti tashrifining eng yorqin foto-suratlari

Agentlikning xabar berishicha, O‘zbekiston prezidentining “Qaynarsoy” qarorgohi Toshkent shahridan 90 kilometr uzoqlikda, Chorvoq suv ombori bo‘yida va Tan-Shan tog‘lari etagida joylashgan.

Qarorgoh dengiz sathidan 900 metr balandlikda qad rostlagan. Qarorgohning hududida turar joy inshootlari, vertolot uchun uchish-qo‘nish maydonchasi va prichal (qayiqlar, kemalar bog‘lab qo‘yiladigan joy) bor.

Belarus axborot agenligiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev bungacha “Qaynarsoy” qarorgohiga chet el davlat rahbarlarini taklif qilmagan.