Naushnik taqib, poyezd yo‘lda yurish - juda xavfli: Toshkentda poyezd ayolni urib yubordi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. 2018-yil 13-sentabr kuni soat 08:00 larda Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, “Salar-Yalong‘och” bekatlari oralig‘ining 4-kilometr 9-piketida “Toshkent-Xodjikent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan 6429-sonli elektropoyezd qulog‘ida quloqchini bo‘lgan holda temir yo‘lni kesib o‘tayotgan L.ni (1966 y.t. ayol) urib yuborgan va u olgan tan jarohatlari natijasida hodisa joyida vafot etgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasidan ma’lum qilishlaricha, ayolning qulog‘ida quloqchin (naushnik)lar bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.