Lukashenko Mirziyoyevni Belarusga taklif qildi

Belarus prezidenti Shavkat Mirziyoyevni unga qulay bo‘lgan vaqtda Belarusga tashrif buyurishga taklif qildi.
Sputnik

TOShKENT, 13 sen - Sputnik. Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni Belarus Respublikasiga tashrif buyurishga taklif qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

“Siz rahbarligingizda O‘zbekistonda olib borilayotgan ishlar eng yuqori maqtovlarga loyiq. Siz ham tashqi ham ichki siyosatda oqilona o‘zgarishlar amalga oshirdingiz, qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlarni mustahkamladingiz. Biz o‘zaro foydali bo‘lgan sohalarda hamkorlik qilishga va tajriba almashishga tayyormiz”, - dedi Lukashenko.

Shuningdek, Belorus prezidenti Shavkat Mirziyoyevni unga qulay bo‘lgan vaqtda Belarusga tashrif buyurishga taklif qildi.

Uchrashuv doirasida prezidentlar 2017-yil davomida O‘zbekiston va Belarus orasida savdo-sotiq hajmi 60% ga oshganini qayd etishdi.