Afg‘oniston parlamenti AQSh bilan xavfsizlik kelishuvini qayta ko‘rib chiqadi

Afg‘oniston quyi palatasi parlamenti vakili, ushbu bitim samarali bo‘lmaganini ta’kidlagan. U parlamentning xavfsizlik va mudofaa masalalari bo‘yicha komissiyasiga murojaat qilib, bitimni qayta ko‘rib chiqishni iltimos qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Afg‘oniston parlamenti mamlakatda yaqinda kuchaygan zo‘ravonlik o‘choqlaridan so‘ng AQSh bilan xavfsizlik to‘g‘risida shartnomani qayta ko‘rib chiqish uchun ovoz berdi, deb xabar qildi 1TV telekanali.

Afg‘onistonda xudkush-terrorchi olomon orasida o‘zini portlatdi

Telekanal xabariga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi ushbu kelishuv AQSh qo‘shinlariga mamlakatda 2014-yildan keyin qolish imkonini bergan. U shuningdek, AQShga o‘z bazalarini Afg‘onistonda qoldirish imkoniyatini ham taqdim etgan.

"G‘oya dushanba kuni quyi palatadagi ayrim parlamentariylar tomonidan taqdim etildi va dushanba kuni parlamentning aksariyat a’zolari tomonidan ovoz berish yo‘li bilan ma’qullandi", - deyiladi telekanal xabarida.

Ilgariroq Pajvak agentligi, 11-sentabr kuni Afg‘oniston sharqidagi norozilik aksiyalari vaqtida yuz bergan teraktda halok bo‘lganlar soni 68 kishiga yetgani, 165 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edi.

Telekanal xabariga ko‘ra, Afg‘oniston quyi palatasi parlamenti vakili, ushbu bitim samarali bo‘lmaganini ta’kidlagan. U parlamentning xavfsizlik va mudofaa masalalari bo‘yicha komissiyasiga murojaat qilib, bitimni qayta ko‘rib chiqishni iltimos qilgan.

Afg‘onistonda 50 kishi AQSh aviazarbasi va toliblar hujumi oqibatida halok bo‘ldi

AQSh 2001-yilda Afg‘onistonda aksilterror harbiy operatsiyasini boshlagan, sal keyinroq, BMT Xavfsizlik kengashi sanksiyasi bilan NATO qo‘mondonligi ostida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha xalqaro kuchlar (ISAF) kiritilgan edi.

AQSh va ISAF qo‘mondonligi ostidagi aksilterror koalitsiya "Tolibon" harakati va "Al-Qoida" uyushmasi jangarilariga qarshi kurash olib borgan.

2014 yilda NATO mamlakatlari jangovar kontingenti Afg‘onistondan olib chiqilgan, va 2015-yilning 1-yanvaridan jangovar operatsiya o‘rniga "Qat’iy ko‘mak" tinchlik missiyasi kirib kelgan edi.