Yaponiyada 2020-yilgacha uchar avtomobillar paydo bo‘lishi mumkin - Sindzo Abe

Shu yil 11-13 sentabr kunlari Uzoq Sharq federal universiteti kampusida to‘rtinchi Sharqiy iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Rossiya yoshlarini Yaponiyaga taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2020-yilgacha uchar avtomobillar paydo bo‘lishi mumkin.

“Axir biz Rossiyadaku”: Putin Si Szinpin bilan birga taom pishirib, aroq ichishdi

“2020 yilgacha Tokio olimpiya va paraolimpiya o‘yinlariga umuman yangicha qiyofaga keladi. Ehtimol, hatto pilotsiz avtomobillar nafaqat yerda harakatlanadi, balki uchar avtomobillar ham paydo bo‘lishi mumkin. Ular havoga ko‘tarilishi mumkin”, - deb ta’kidladi Abe Sharqiy iqtisodiy forumda.

“Hozir mamlakatning yangi avlodi, shuningdek, butun dunyodan kelayotgan odamlar tufayli Yaponiyada yangi davr boshlanmoqda”, - deb qo‘shimcha qildi u.

Abe Rossiya yoshlarini Yaponiyaga taklif qildi. “Yashanglar, o‘qinglar, ishlanglar va mahalliy aholi bilan birgakda yangi Yaponiyani yaratinglar”, - deb taklif qildi Yaponiya bosh vaziri.

Eslatib o‘tamiz, 11-13 sentabr kunlari Uzoq Sharq federal universiteti kampusida to‘rtinchi Sharqiy iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda.